www.ima.uz O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

Ma'ruzalar


Intеllеktuаl mulk аgеntligi Bosh direktori o'rinbosari M.Bobojanovning "2017 yil 24 oktyabrda Agentlik Hay'atidagi ma'ruzasi



O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligining 2017 yilning 9 oylik yakuni bo‘yicha HISOBOT
2017 yil 9 oylik yakuni bo‘yicha jami ishlab chiqarish hajmi 27 931,3 mln. so‘mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (19 880,9 mln. so‘m) o‘sish 140,5 % ni tashkil etdi. Hisobot davri mobaynida chet el valyutasida kelib tushgan patent bojlari, AQSh dollari ekvivalentida 5 714,9 ming AQSh dollarini 2016 yilning shu davriga nisbatan (5 449,3 ming. so‘m) o‘sish 104,9 % ni tashkil etdi tashkil etdi, jumladan: hisobot davri mobaynida AQSh dollari valyutasida kelib tushgan patent bojlari 2 256,4 ming AQSh dollarini, so‘m ekvivalentida – 10 146,3 mln. so‘mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (2 528,7ming AQSh dollari ) 89,2 % ni tashkil etdi; hisobot davri mobaynida rossiya rubli valyutasida kelib tushgan patent bojlari, 229,2 ming rublni, so‘m ekvivalentida – 18,8 mln. so‘mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (156,6 ming rossiya rubli) o‘sish 146,4 % ni tashkil etdi. shveysariya franki valyutasida kelib tushgan mablag‘ – 3 155,5 ming shveys. frankini, so‘m ekvivalentida – 13 921,3 mln. so‘mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (2 885,2 ming shveys. franki) o‘sish 109,4 % ni tashkil etdi; milliy valyutada kelib tushgan patent bojlari 2 705,9 mln. so‘mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (2 309,0 mln. so‘m) o‘sish 117,2 % ni tashkil etdi; 2017 yil 9 oylik yakun bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi jami 1 139,1 mln. so‘mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (1196,6 mln. so‘m) 95,2 % ni tashkil etdi; 2017 yil 9 oylik yakun bo‘yicha debitorlik qarzi 151,2 mln. so‘mni tashkil qildi, 2016 yilning shu davriga (311,3 mln. so‘m) nisbatan 48,6 % ni tashkil etdi; 2017 yil 9 oylik yakun bo‘yicha kreditorlik qarzi 60,6 mln. so‘mni tashkil qildi, 2015 yilning shu davriga (63,3 mln. so‘m) nisbatan 95,7 % o‘sgan; Pensiyalar va nafaqalar bo‘yicha to‘lovlar hisobot davrida o‘z vaqtida amalga oshirildi, umumiy summa 34,6 mln. so‘mni tashkil qildi, qarzlar yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2017 yil uchun tasdiqlangan Agentlikning xarajatlar smetasida yilning 9 oyi uchun sarf-harajatlarni moliyalashga 1020,1 mln. so‘m miqdorida byudjetdan mablag‘ ajratilgan. Byudjet hisobidan ajratilgan pul mablag‘larining haqiqatda sarfi 2016 yil 9 oy davomida 908,6 mln. so‘mni tashkil etdi. Sohadagi rivojlanish tendensiyalari va uning hisobot davrida 2016 yilga nisbatan dinamikasi (%) Hisobot davrida mamlakatimiz hududida intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi: Agentlik tomonidan intellektual mulk ob’ektlariga 6000 (4979) ta talabnoma qabul qilindi, o‘sish 20,5% ni tashkil etdi. Shu jumladan:
• ixtirolarga – 431 (414) ta, , o‘sish 4,1%;
• foydali modellarga – 120 (113) ta, o‘sish 6,2%;
• sanoat namunalariga – 180 (174) ta, o‘sish 3,4%;
• tovar belgilariga – 4599 (3705) ta, o‘sish 24,1%;
• seleksiya yutuqlariga – 17 (12) ta o‘sish 41,7%;
• EHM uchun dasturlar – 644 (542) ta kamayish 18,8%;
• ma’lumotlar bazasi – 8 (18) ta kamayish 55,6%;
• tovar kelib chiqqan joy nomlari – 1 (1) ta, o‘tgan yil ko‘rsatkichlariga nisbatan.
6222 (6071) ta intellektual mulk ob’ektlariga talabnomalar bo‘yicha davlat ekspertizasi o‘tkazildi va o‘tgan yilning shu choragi bilan qiyoslaganda, ushbu ko‘rsatkich 2,5% ga o‘sdi, shu jumladan:
• ixtirolarga – 348 (341) ta, o‘sish 2,1%;
• foydali modellarga – 123 (121) ta, o‘sish 1,7%;
• sanoat namunalariga – 158 (138) ta, o‘sish 14,5%;
• tovar belgilariga – 4927 (4876) ta, o‘sish 1%;
• seleksiya yutuqlariga – 22 (14) ta, o‘sish 57,1%;
• EHM uchun dasturlar – 633 (563) ta o‘sish 12,4 %; ;
• ma’lumotlar bazasi – 11 (18) ta kamayish 38,9%.
Davlat reyestrlarida 2688 (2182) ta intellektual mulk ob’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, o‘sish 23,2% tashkil etdi, shu jumladan:
• ixtirolar – 160 (132) ta, o‘sish 21,2%;
• foydali modellar – 82 (82) ta, o‘tgan yil ko‘rsatkichlariga nisbatan;
• sanoat namunalariga – 89 (67) ta, o‘sish 32,8%;
• tovar belgilariga – 1679 (1329) ta, o‘sish 26,3%;
• seleksiya yutuqlari – 21 (8) ta o‘sish 2,6 barobar;
• EHM uchun dasturlar – 644 (548) ta, o‘sish 17,5%;
• ma’lumotlar bazasi – 13 (16) ta kamayish 18,7%.
Hisobot davrida Agentlik tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk ob’ektlariga oid 313 (231) ta shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazildi, ulardan: huquqni boshqa shaxslarga (to‘liq yoki qisman) o‘tkazish shartnomalari 137 (116) ta va litsenziya shartnomalari 176 (115) tani tashkil etadi. Huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarning 131 (106) tasi tovar belgilariga, 3 (6) tasi ixtirolarga, 2 (3) tasi sanoat namunasiga, 1 (1) tasi ma’lumotlar bazasiga tegishli. Intellektual mulk ob’ektlaridan foydalanish to‘g‘risidagi Litsenziya shartnomalarining 164 (100) tasi tovar belgilariga, 2 (4) tasi ixtirolarga, 5 (3) tasi foydali modellarga, 5 (3) tasi sanoat namunasiga, 0 (5) tasi EHM uchun dasturlarga oid.
2017 yil 9 oy mobaynida Agentlikning Apellyatsiya kengashi buzilgan yoki bahsli huquqlar to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sudgacha organ sifatida 19 ta apellyatsiyani qabul qildi. O‘tkazilgan majlislarda 25 ta apellyatsiya ishi ko‘rib chiqildi, shulardan 14 tasi bo‘yicha esa rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, 4 tasi bo‘yicha qanoatlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va 7 ta apellyatsiya bo‘yicha ish keyinga qoldirildi. 2017 yil 1- yarim yilik Agentlik 57 ta sud ishida qatnashgan bo‘lib, ularning 45 tasida idora mustaqil talablar qo‘ymaydigan uchinchi shaxs sifatida va 12 tasida javobgar sifatida ishga jalb etildi.
Litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi hujjatlarni kabul kilish, ular bo‘yicha ekspert xulosalarini tayyorlash, litsenziyalarni berish, litsenziya bitimlarini tuzish ishlarini amalga oshiruvchi Ekspert komissiyasi tomonidan 2017 yilning 9 oyligi davomida jami 172 ta ariza kelib tushgan. Qabul qilingan arizalardan litsenziya berilishi so‘ralgan 128 ta, filial uchun tasdiqlangan nusxalar berilishi so‘ralgan arizalar 16 ta, berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishga 25 ta, berilgan litsenziyani tugatishga 2 ta, hamda yuridik manziliga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha 1 tani tashkil qilgan.
Litsenziya talabgorlari (litsenziatlar)ning arizalarini ko‘rib chiqish natijalari asosida 103 ta litsenziyalarni berish, 25 ta rad etish, 16 ta filial uchun tasdiqlangan nusxalarini berish va filiallar faoliyatini tugatish hamda avval berilgan 25 ta litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va 2 ta litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan, 1 ta ariza bo‘yicha litsenziatning yuridik manzili o‘zgargani haqidagi axborot ma’lumot uchun qabul qilingan.
Agentlikning "Rasmiy axborotnoma” byulletenining 9 ta soni nashrga tayyorlandi, unda 345 ta ixtirolarga talabnomalar, 156 ta ixtirolar, 81 ta foydali modellar, 90 ta sanoat namunalari, 1684 ta tovar belgilari, 615 ta EHM uchun dasturlar, 7 ta ma’lumotlar bazasi, 18 ta seleksiya yutug‘iga talabnoma, o‘simlik navlari va hayvon zotlarining Davlat reyestrlari ro‘yxatidan o‘tkazilgan 21 ta o‘simliklar navlari haqidagi ma’lumotlar, 288 ta intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘tkazish bo‘yicha litsenziya shartnomalari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi.
Ixtirolarga oid 156 ta, foydali modellarga oid 81 ta, sanoat namunalariga oid 90 ta, seleksiya yutuqlariga oid 21 ta patentlarning tavsiflaridan iborat jami 348 ta hujjatlarning elektron varianti tayyorlandi.
Hisobot davrida "2016 yil uchun yillik ko‘rsatkichlar”, "Intellektual mulk sohasi faoliyatini tartibga soluvchi me’eriy-huquqiy hujjatlar to‘plami”, "Godovoy otchet-2016” tayyorlanib Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi.
Agentlik MDHga a’zo-davlatlar patent idoralarining va Yevroosiyo patent idorasi rasmiy nashrlarining to‘plami bo‘lgan CD-ROM optik disklaridagi qo‘shma regional patent-axborot mahsulotini chiqarishda ishtirok etmoqda. Hisobot davrida 251 ta hujjat tayyorlandi va jo‘natildi.
Patent hujjatlari davlat fondi respublika olimlari, turli soha mutaxassislari, yangi texnika va texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar, tadbirkor jamoatchiligi vakillariga patent-axborot ta’minotini amalga oshirib keladi. Hisobot davrida Patent hujjatlari davlat fondiga 137 324 saqlanish birligidagi hujjatlar kelib tushdi, ulardan 136 061 tasi CD-ROM-disklarda saqlanadi. Patent fondining hajmi 79,3 mln. saqlanish birligidagi hujjatlarni tashkil etadi. 807 ta murojaat qiluvchilarga xizmat ko‘rsatildi, 455 mingdan ortiq hujjatlar berildi.
Hisobot davrida Agentlikning "O‘quv markazi” DUK tomonidan intellektual mulk ob’ektlarini xuquqiy muhofaza qilish masalalari yuzasidan maslahat va talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha jami 830,7 mln. so‘mdan ortiq (732,4 mln.dan ortiq) hizmat ko‘rsatildi.
 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumot
 
 
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik rasmiy veb-saytini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablarga moslashtirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan quyidagi ishlar amalga oshirildi: - har chorakda Agentlik faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar nis.uz saytiga axborotlarning elektron shaklda, belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida taqdim etilmoqda; - Reytingli baholash natijalarini hisobga olgan holda Agentlik faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda va har chorakda Agentlikning nis.uz reytingli baholash tizimida o‘sishga erishilmoqda. -Agentlik rasmiy veb saytida 12 ta interaktiv xizmatlar haqida ma’lumot joylashtirilib, "Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portaliga havola yo‘naltirildi. - Agentlikda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni interaktiv ko‘rinishga o‘tkazish maqsadida xizmatlar inventarizatsiya qilindi va Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestriga kiritildi; - Agentlik rasmiy veb saytida Agentlik bosh direktorining virtual qabulxonasi tashkil qilinib jismoniy va yuridik shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri Agentlik Bosh direktoriga murojaat qilish imkoniyati yaratildi; - Agentlik rasmiy veb saytida onlayn xizmatlar rukni tashkil qilinib, hozirgi kunda Intellektual mulk obektlariga berilgan patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va berish uchun to‘langan boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni elektron taqdim etish xizmati joriy qilindi; - Agentlik veb-sayti bo‘yicha monitoring va tahlil ishlari muntazam ravishda olib borilib, o‘z vaqtida yangiliklar bilan to‘ldirib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son farmoni ilovalari bilan tasdiqlangan dasturlar bajarilishi bo‘yicha Agentlikning 2017 yil 10 fevraldagi 13-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Agentlikda kelib tushayotgan murojaatlarni umumlashtirib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Eng dolzarb mavzular asosida, Agentlikning rasmiy veb-saytida "savollar va javoblar” rukni tashkil qilindi. Bugungi kunda 9000 yaqinga foydalanuchi ushbu rukunga tashrif buyurdi. Ochiq ma’lumotlar portalida Agentlikning Ochiq ma’lumotlari belgilangan tartibda har oy va har chorakda mashinada o‘qiladigan formatda yangilanmoqda. Talabnoma topshiruvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali "elektron kalkulyator” interaktiv davlat xizmati joriy qilinib, "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlar kelib chiqish joyining nomi” intellektual mulk obekti uchun barcha davlat bojlarini onlayn hisoblash, to‘lovni amalga oshirish uchun to‘lov topshiriqnomasini chop etish imkoniyati yaratildi, hozirgi kunda qolgan intellektual mulk ob’ektlari uchun ham "elektron kalkulyator” xizmati joriy etish ustida ishlar olib borilmoqda. Agentlik rasmiy veb saytida onlayn xizmatlar rukni joriy qilinib, hozirgi kunda Intellektual mulk obektlariga berilgan patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, e’lon qilish va berish uchun to‘langan boj yoki to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron taqdim etish xizmati joriy qilindi. Agentlik rasmiy saytida ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib borildi va sayt muntazam nazoratda bulib, doimiy ishlashi ta’minlandi. Agentlikning AKT infrastrukturasini tahlil qilinib, ma’naviy eskirgan kompyuter qurilmalari o‘rniga, yangi zamonaviy 59 ta kompyuter qurilmasi shu jumladan, qog‘oz bilan ishlashni kamaytirish maqsadida 24 tasi ikki monitorli, windows 10, Offis 2016 dasturiy mahsulotlariga almashtirildi. Agentlikning serverlari va 80 dan ziyod kompyuterlariga muntazam ravishda profilaktik va texnik xizmatlar kursatildi va doimiy ishlashi ta’minlandi.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish
 
 
Hisobot davri mobaynida Agentlikka 270 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 263 tasi O‘zbekistondan va 5 tasi MDXdan (Rossiya), 1 ta Qirg‘iziston Respublikasi, 1 ta Germaniya davlatidan kelib tushgan murojaatlarga to‘g‘ri keladi. "Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portali orqali 35 ta murojaat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan 50 ta, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori virtual qabulxonasiga 56 ta va 2-ta ishonch telefonidan murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 103 tasi yuridik shaxslarga va 167 tasi jismoniy shaxslarga tegishli. Turlariga ko‘ra murojaatlarning 224 tasi arizalar , 41 tasi shikoyat arizalari va 5 tasi takliflarni tashkil etadi. Hisobot davri mobaynida Agentlik prokuratura, sud organlari va ijro hokimiyatining boshqa organlaridan kelib tushgan so‘rovnomalarga javoblar tayyorlash bo‘yicha ishlarni olib bordi: sud organlaridan – 632 ta so‘rovnoma kelib tushdi. So‘rovnomalar ilova qilingan ro‘yxat bo‘yicha ijro ishlarida ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk ob’ektlari haqida ma’lumotlarni taqdim etishga oid.
.docYuklab olish [ Jami: 127 Kb | Yuklab olishlar soni: 4 ]




Intellektual mulk agentligi bosh direktori A. Fayzullaevning "Intellektual mulk agentligining faoliyati va sohadagi rivojlanish tendensiyalari" to'g'risidagi matbuot anjumanidagi ma'ruzasi.





Ma'ruza   28.06.2017

   

O'zbekistonda Milliy patent tizimi yaratilish tarixiga nazar soladigan bo'lsak, 1992-2011 yillar - intellektual mulk ob'ektlari muhofazasi bilan shug'ullanuvchi vakolatli organlar Davlat patent idorasi va Mualliflik huquqi agentligi tashkil etildi, jahon patent tizimi amaliy ish tajribasini o'rganish va iqtisodiy oyoqqa turish yillari bo'ldi. Ushbu davrda bevosita intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi qonunlar qabul qilindi, bular: Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi, "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida", "EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari to'g'risida", "Seleksiya yutuqlari to'g'risida", "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida", "Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida". 
Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ga va intellektual mulk sohasidagi 10 dan ortiq xalqaro shartnomalarga a'zo bo'ldi, hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 maydagi "O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori bilan Davlat patent idorasi va Mualliflik huquqi bazalarida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tashkil etildi. Natijada xalqimizning ilmiy-texnikaviy ijod erkinligidan samarali foydalanishi uchun yanada kengroq sharoitlar yaratildi. Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, yagona yondashuvni ta'minlash, mamlakatimizning ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish bo'yicha yaxlit tizim vujudga keldi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 oktyabrdagi PQ-2637-sonli "O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tarkibiy tuzilmasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 noyabrdagi 394-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to'g'risidagi Nizomi tasdiqlandi.
Ushbu qarorning asosiy maqsadi intellektual mulk ob'ektlarini xalqaro norma va standartlarga muvofiq huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, unga xos bo'lmagan va umrini o'tab bo'lgan vazifalarni bekor qilish, shuningdek O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatiga zamonaviy interfaol davlat xizmatlarini joriy etishdan iborat bo'lib, quyidagilar O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib belgilandi:
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta'minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari hamda boshqa intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy himoya qilish;
ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob'ektlarini ekspertizadan o'tkazish, ro'yxatga olish va hisobga qo'yishni tashkillashtirish;
Davlat patent fondi va intellektual mulkning rasmiy ro'yxatga olinganligi to'g'risida ma'lumotlar bazasini shakllantirish va olib borish, iqtisodiyotning real sektorining xo'jalik yurituvchi sub'ektlari, ilmiy tashkilotlar, olim va mutaxassislarning ma'lumotlardan samarali foydalanishi uchun ularning saqlanishi va foydalanish qulayligini ta'minlash;
intellektual mulk sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub'ektlari va aholiga "bir darcha" tamoyili asosida interfaol davlat xizmatlarini ko'rsatish;
milliy intellektual mulk ob'ektlarini chet elda huquqiy himoya qilishni ta'minlash bo'yicha korxonalar va tashkilotlarga konsultativ va amaliy ko'mak berish, shuningdek intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda Agentlik tomonidan 2017 yilning yarim yilligi mobaynida (yil boshidan 28 iyunga qadar) intellektual mulk ob'ektlariga 3939 (3324) ta talabnoma qabul qilindi, 2016 yilning shu davriga nisbatan o'sish 18,5 % tashkil etdi. Ushbu davrda 4163 (3922) ta intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalar bo'yicha davlat ekspertizasi o'tkazildi va o'tgan yilga nisbatan ushbu ko'rsatkich 6,1 % ga o'sdi. Davlat reestrlarida 1664 (1408) ta intellektual mulk ob'ektlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi, o'sish 18,2 % tashkil etdi, shu jumladan: ixtirolar - 108 ta, foydali modellar - 48 ta, sanoat namunalariga - 67 ta, tovar belgilari - 1062 ta, EHM uchun dasturlar - 352 ta, ma'lumotlar bazasi - 6 ta, seleksiya yutuqlari - 21 ta. Shuningdek, Agentlik tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan intellektual mulk ob'ektlariga oid 208 (165) ta shartnoma ro'yxatdan o'tkazildi, ulardan: huquqni boshqa shaxslarga (to'liq yoki qisman) o'tkazish shartnomalari 101 ta va lisenziya shartnomalari 107 tani tashkil etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida intellektual mulk sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo'yicha joylardagi Ishchi guruh xamkorligida aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari va shahobchalarda kontrafakt fonogramma va audiovizual mahsulotlar savdosi amalga oshirilishi yuzasidan 22 marotaba monitoring ishlari amalga oshirildi. Jami 394 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, qonunbuzilish holatlari to'g'risidagi ma'lumotnomalar Davlat coliq qo'mitasiga va Ichki ishlar vazirligiga yuborildi. Hisobot davrida Ichki ishlar va Davlat soliq idoralariga 14 279 ta (12 059 kontrafakt) audiovizual mahsulotlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar bo'yicha 50 ta ekspert xulosalari berildi.  
Audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni sotish, takrorlash, prokatga berish va fonogrammalar tayyorlash bo'yicha faoliyat turlariga 2017 yil boshidan hozirgi kunga qadar lisenziya talabgorlaridan 111 ta ariza kelib tushdi. Arizalar lisenziyalash faoliyatiga oid idoralararo komissiya tomonidan belgilangan tartibda ko'rib chiqildi va shundan 95 tasiga tegishli lisenziyalar berildi. Shuningdek, yil boshidan buyon audiovizual asarlarni ekranda namoyish etish uchun tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi haqidagi bo'lim tomonidan 5 ta xulosa tegishli murojaat etuvchilarga berilgan. Ushbu masala bo'yicha 1 ta murojaat etuvchiga shartnomani o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirish maqsadida tegishli tavsiyalar berilgan.  
Agar innovasiya jarayonlarini ko'radigan bo'lsak, Agentlikning unda tutgan o'rni Intellektual mulkning huquqiy muhofazasi bilan bog'liq. Agentlik BIMT tashkiloti bilan hamkorlikda 2 ta "Innovasiyalar uchun texnologiyalardan foydalanish va O'zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tarmog'ini tashkil etish" to'g'risida xalqaro va "Milliy va xalqaro patent tizimi. Elektron tarzda talabnomalar topshirish va patent jarayonlarini elektron tarzda amalga oshirish" mavzusidagi mintaqaviy seminarlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarni o'tkazishdan asosiy maqsad, birinchidan BIMTning Innovasiyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi faoliyati hamda Rossiya Federasiyasidagi markaz tarmog'ining resurslar va xizmatlar faoliyati, patent ma'lumotlarining ahamiyati va foydali tomonlari bilan tanishtirish, ikkinchidan intellektual mulk tizimini rivojlantirish bilan bog'liq BIMT faoliyati, patentlarni himoya qilish va ulardan foydalanish, RST - xalqaro patent tizimi, ePCT tizimidan foydalanish bilan tanishtirish va axborot texnologiyalardan foydalangan holda patent tizimidagi xizmatlarni yaxshilashdan iborat bo'ldi.
Toshkent xalqaro innovasion forumi doirasida BIMT sovrinlari bilan O'zbekistonlik bir guruh ixtirochilar va korxonalar taqdirlandi. Hisobot davrida "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari", "Seleksiya yutuqlari" va "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi qonunlariga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha ishlar olib borildi, jumladan:
1) O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 18 apreldagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi O'RQ-429-son Qonunida quyidagi asosiy o'zgartirish va qo'shimchalar nazarda tutilgan: "Fuqarolik kodeksi" va "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunga tovar belgisidan foydalanmaganlik muddatiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi, jumladan, "ro'yxatdan o'tkazilgandan boshlab istalgan besh yil" degan ifoda "uni amal qilishining oxirgi besh yili" deb bayon etildi; "Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonunga "kontrafakt tovar" tushunchasining ta'rifini ifodalovchi me'yor kiritildi.
2) O'zbekiston Respublikasining "Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartishlar kiritish to'g'risida"gi Qonuni loyihasida quyidagi asosiy o'zgartirish va qo'shimchalar nazarda tutilgan: "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi Qonuniga foydali modellar sifatida muhofaza qilinadigan patentga layoqatli ob'ektlar doirasini kengaytirish maqsadida o'zgartirish kiritilmoqda; "Seleksiya yutuqlari to'g'risida"gi Qonuniga talabnoma beruvchiga patent amal qilish muddatini tiklash imkoniyatini taqdim qilish maqsadida yangi modda kiritilmoqda. Ushbu qonun loyihasini qabul qilish milliy qonunchilikni xalqaro qonunchilik talablari bilan uyg'unlashtirish, hamda milliy amaliyotni hisobga olgan holda xalqaro normalarni implementasiya qilishga imkon beradi.  
3) "Tovar belgisiga va xizmat ko'rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to'g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarini tasdiqlash haqida" O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining buyrug'i O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 10 aprelda 2873 raqam bilan ro'yxatdan o'tkazildi. Mazkur Qoidalar tovar belgisiga va xizmat ko'rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to'g'risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish tartibini belgilaydi.
4) "Tovar belgisini milliy ro'yxatdan o'tkazishni xalqaro ro'yxatdan o'tkazishga almashtirish qoidalarini tasdiqlash haqida" O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining buyrug'i O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 15 mayda 2889 raqam bilan ro'yxatdan o'tkazildi. Mazkur Qoidalar tovar belgisini milliy ro'yxatdan o'tkazishni xalqaro ro'yxatdan o'tkazishga almashtirish tartibini belgilaydi. Hisobot davrida Agentlik 35 ta sud ishida qatnashgan bo'lib, ularning 26 tasida idora mustaqil talablar qo'ymaydigan uchinchi shaxs sifatida va 9 tasida javobgar sifatida ishga jalb etildi. 2017 yilning boshidan buyon to hozirgi kunga qadar Agentlikning Apellyasiya kengashi buzilgan yoki bahsli huquqlar to'g'risidagi nizolarni ko'rib chiqish bo'yicha sudgacha organ sifatida 12 ta apellyasiyani qabul qildi. 2017 yilning 16 fevral va 23 may kunlari bo'lib o'tgan Apellyasiya kengashi yig'ilishlarida 14 ta apellyasiya ishi ko'rib chiqildi, shulardan 9 tasi bo'yicha esa rad etish to'g'risida qaror qabul qilindi, 1 tasi bo'yicha qanoatlantirish to'g'risida qaror qabul qilindi va 4 ta apellyasiya bo'yicha ish esa keyinga qoldirildi.

O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi Strategiyasi

Intellektual mulk agentligi tomonidan intellektual mulk tizimini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi Strategiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu hujjat maqsadi intellektual mulk sohasini rivojlantirishning keyingi yo'nalishlarini va intellektual mulk tizimidagi manfaatdor davlat tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini belgilash, shuningdek, alohida e'tiborga molik asosiy muammolarni ochib berishdan iboratdir. Strategiya vazifalari quyidagilardan iborat: intellektual mulk sohasini rivojlantirish masalasiga tizimli yodoshuvni va muammoli masalalarning bartaraf etilishini ta'minlash; davlat idoralarining o'zaro hamkorligini kuchaytirish, jumladan, intellektual mulk borasidagi qonunchilikni bir xilda talqin etilishi borasida; qatnashuvchi tomonlarning mas'uliyatini oshirish; ilmiy-texnik ijodkorlik va innovasion fikrlash/tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish; qatnashuvchi barcha tomonlarda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish. Ushbu hujjatning ishlab chiqilishi quyidagi dolzarb muammolarning yechimini talab etadi:  
- Intellektual mulk sohasida band bo'lgan barcha davlat tashkilotlarining uyushqoqlik bilan ishlashiga, intellektual mulkni himoyalash va uni kommersiyalashtirishga erishish. - Tadbirkorlik va ilm-fan sub'ektlarining, xuddi shuningdek, davlat tashkilotlari xizmatchilari va boshqaruv tizimi xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish. - Intellektual mulk tizimini va unga nisbatan hurmat hissini rivojlantirib borish iqtisodiyotni innovasion jihatdan rivojlantirish asoslari sifatida belgilanishi lozim. - Umuman olganda, intellektual mulk davlat taraqqiyoti va xalqning moddiy farovonligini oshirishda muhimdir, degan nuqtai nazarni shakllantirish.  
Strategiyani yaratishda Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasi , O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasiga doir qonunlari, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (bunday keyin - BIMT) milliy Strategiyani ishlab chiqish bo'yicha Uslubiy ko'rsatmalari huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.  
Qonun talablariga rioya etilishida mavjud muammolarni kompleks hal etish, mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mualliflar va huquq egalarining munosib haq olish huquqlarini ta'minlash, yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratilishini rag'batlantirish, ushbu jarayonlar va munosabatlarda davlat nazorati amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Intellektual mulk agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qarori loyihasi tayyorlandi. Ushbu Qaror loyihasi mualliflik huquqini samarali himoya qilish, mualliflar va huquq egalariga mutanosib haq to'lash mexanizmlarini yaratish va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarishni amalga oshiruvchi "O'zbekiston mualliflari jamiyati" nodavlat-notijorat tashkilotini tuzishni nazarda tutadi.
Hozirda loyiha mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish bosqichida. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan saylovoldi dasturlarida ham, madaniyat, san'at, adabiyot va matbuot olamiga kirib kelayotgan iqtidorli yoshlarni moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish, ularni har tomonlama qo'llab quvvatlash maqsadida ko'rilayotgan chora tadbirlarning biri sifatida adabiy, badiiy va san'at asarlar uchun to'lanadigan qalam haqi miqdorini qayta ko'rib chiqish, ijodiy va intellektual mulk egalarining manfaatlarini himoya qilish masalalari diqqat markazida bo'lishi ta'kidlangan edi. Hozirda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 8 yanvardagi "Mualliflik haqi va boshqa haq to'lash stavkalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 8-son Qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish jumladan, unga muvofiq, mualliflarga to'lanadigan qalam haqi (gonorarlar) stavkalarini oshirish va ijodkorlarni moliyaviy rag'batlantirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Ushbu Qaror loyihasi mutasaddi vazirliklar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi va tegishli vazirlik va tashkilotlarga imzolash uchun kiritilgan.  

 

.docYuklab olish [ Jami: 54 Kb | Yuklab olishlar soni: 31 ]






Intеllеktuаl mulk аgеntligi Bosh direktori o'rinbosari M.Bobojanovning "2017 yil 28 aprelda Agentlik Hay'atidagi ma'ruzasi



.


Ma'ruza   20.01.2017

Hurmatli hamkasabalar !!!

   

2017 yil 7 aprelda o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi VM ta'lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekomunikatsiya masalalari Kompleksi va 18 apreldagi VM 2017 yil 1- chorak yakunlari bo'yicha majlisi bayonlaridan hamda ta'lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekomunikatsiya masalalari Axborot tahlil - departamenti 2017 yil 20 - apreldagi 08/09 - 02 sonli xatidan kelib chiqib, ijro intizomi nazorati holatiga jiddiy yondashish, boshqaruv va tashkiliy ishlarning samaradorligini oshirishda intizomni tubdan mustahkamlash eng muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida e'tibor berish talab etiladi. 2017 yil I chorak mobaynida jami ishlab chiqarish hajmi 6 404,4 mln. so'mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (6 683,1 mln. so'm) 95,83 % ni tashkil etdi. Hisobot davri mobaynida chet el valyutasida kelib tushgan patent bojlari, AQSH dollari ekvivalentida 1 583,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi, jumladan: hisobot davri mobaynida AQSH dollari valyutasida kelib tushgan patent bojlari 721,6 ming AQSH dollarini, so'm ekvivalentida - 2 456,0 mln. so'mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (876,2 ming AQSH dollari ) 82,4 % ni tashkil etdi; hisobot davri mobaynida rossiya rubli valyutasida kelib tushgan patent bojlari, 48,4 ming rublni, so'm ekvivalentida - 2,7 mln. so'mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (14,5 ming rossiya rubli) o'sish 233,8 % ni tashkil etdi. shveysariya franki valyutasida kelib tushgan mablag' - 908,0 ming shveys. frankini, so'm ekvivalentida - 2 986,0 mln. so'mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (1 121,4 ming shveys. franki) 81,0 % ni tashkil etdi; milliy valyutada kelib tushgan patent bojlari 627,1 mln. so'mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (590,2 mln. so'm) 106,25 % ni tashkil etdi; 2017 yil I chorak mobaynida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi jami 332,5 mln. so'mni, 2016 yilning shu davriga nisbatan (344,1 mln. so'm) 96,63 % ni tashkil etdi; 2017 yil I chorak mobaynida debitorlik qarzi 99,7 mln. so'mni tashkil qildi, 2016 yilning shu davriga (292,1 mln. so'm) nisbatan kamayish 65,9 % ni tashkil etdi; 2017 yil I chorak mobaynida kreditorlik qarzi 193,4 mln. so'mni tashkil qildi, 2016 yilning shu davriga (50,7 mln. so'm) nisbatan 281,4 % ga o'sdi; Pensiyalar va nafaqalar bo'yicha to'lovlar hisobot davrida o'z vaqtida amalga oshirildi, umumiy summa 9,4 mln. so'mni tashkil qildi, qarzlar yo'q. 
Agentlikning 2017 yil I chorakda mo'ljallangan sarf-harajatlarini moliyalash uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan byudjet mablag'lari hisobidan 304,5 mln. so'm, byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan 1667,58 mln. so'm hajmda vaqtinchalik harajatlar smetasi tayyorlandi va tasdiqlandi. Byudjet hisobidan ajratilgan pul mablag'larining haqiqatda sarfi 2017 yil 1-chorak mobaynida 254,82 mln. so'mni tashkil etdi. 
Hisobot davrida mamlakatimiz hududida intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi: Agentlik tomonidan intellektual mulk ob'ektlariga 1917 (1820) ta talabnoma qabul qilindi, o'sish 5,3% ni tashkil etdi. Shu jumladan: • ixtirolarga - 114 (120) ta, kamayish 5%; • foydali modellarga - 37 (36) ta, , o'sish 2,8%; • sanoat namunalariga - 71 (44) ta, o'sish 61,4%; • tovar belgilariga - 1525 (1456) ta, o'sish 4,7%; • seleksiya yutuqlariga - 8 (2) ta o'sish 4 barobar; • EHM uchun dasturlar - 160 (154) ta o'sish 3,9%; • ma'lumotlar bazasi - 1 (8) ta kamayish 87,5%; • tovar kelib chiqqan joy nomlari - 1 (0) ta, o'sish 100 %. 2069 (1923) ta intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalar bo'yicha davlat ekspertizasi o'tkazildi va o'tgan yilning shu choragi bilan qiyoslaganda, ushbu ko'rsatkich 7,6% ga o'sdi, shu jumladan: • ixtirolarga - 101 (99) ta, o'sish 2%; • foydali modellarga - 37 (35) ta, o'sish 5,7%; • sanoat namunalariga - 47 (20) ta, o'sish 2,4 barobar; • tovar belgilariga - 1709 (1583) ta, o'sish 7,9 %; • seleksiya yutuqlariga - 6 (5) ta, o'sish 20%; • EHM uchun dasturlar - 165 (171) ta kamayish 4,7 %; ; • ma'lumotlar bazasi - 4 (10) ta kamayish 60%. Davlat reestrlarida 859 (677) ta intellektual mulk ob'ektlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi, o'sish 26,9% tashkil etdi, shu jumladan: • ixtirolar - 63 (48) ta, o'sish 31,3%; • foydali modellar - 29 (25) ta, o'sish 16%; • sanoat namunalariga - 17 (15) ta, o'sish 13,3%; • tovar belgilariga - 541 (412) ta, o'sish 31,3%; • seleksiya yutuqlari - 17 (0) ta ; • EHM uchun dasturlar - 186 (167) ta, o'sish 11,4%; • ma'lumotlar bazasi - 6 (10) ta kamayish 40%. Hisobot davrida Agentlik tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan intellektual mulk ob'ektlariga oid 111 (82) ta shartnoma ro'yxatdan o'tkazildi, ulardan: huquqni boshqa shaxslarga (to'liq yoki qisman) o'tkazish shartnomalari 62 (40) ta va litsenziya shartnomalari 49 (42) tani tashkil etadi.
Huquqlarni boshqa shaxslarga o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarning 60 (35) tasi tovar belgilariga, 1 (3) tasi ixtirolarga, 0 (1) tasi sanoat namunasiga, 1 (1) tasi ma'lumotlar bazasiga tegishli. Intellektual mulk ob'ektlaridan foydalanish to'g'risidagi Litsenziya shartnomalarining 43 (40) tasi tovar belgilariga, 0 (1) tasi ixtirolarga, 3 (1) tasi foydali modellarga, 3 (0) tasi sanoat namunasiga oid.
Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasining "Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida” 2011 yil 26 dekabrdagi O'RQ-312-son Qonunini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida” 2012 yil 15 martdagi 72-son qaroriga muvofiq tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan hisobot davrida Agentlikka kelib tushgan 3 ta hujjatlar ko'rib chiqilgan, ko'rib chiqilishi natijasida 2 ta xulosalar va 1 ta tavsiyalar berilgan. 2017 yil 1-chorak mobaynida Agentlikning Apellyatsiya kengashi buzilgan yoki bahsli huquqlar to'g'risidagi nizolarni ko'rib chiqish bo'yicha sudgacha organ sifatida 5 ta apellyatsiyani qabul qildi.
O'tkazilgan majlislarda 9 ta apellyatsiya ishi ko'rib chiqildi, shulardan 7 tasi bo'yicha esa rad etish to'g'risida qaror qabul qilindi, 1 tasi bo'yicha qanoatlantirish to'g'risida qaror qabul qilindi va 1 ta apellyatsiya bo'yicha ish keyinga qoldirildi.
2017 yil 1-chorakda Agentlik 19 ta sud ishida qatnashgan bo'lib, ularning 15 tasida idora mustaqil talablar qo'ymaydigan uchinchi shaxs sifatida va 4 tasida javobgar sifatida ishga jalb etildi. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 iyuldagi 196-son qarori talablariga ko'ra audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini litsenziyalash O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan joriy yil davomida litsenziya talabgorlari (litsenziatlar)dan 51 ta ariza qabul qilindi va ular o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqilib, tegishlicha litsenziya berish va litsenziya berilishini rad etish to'g'risida qarorlar qabul qilindi.
Jumladan arizalarning 34 tasiga litsenziya taqdim etildi, 6 ta ariza bo'yicha filiallarga tasdiqlangan litsenziya nusxasi berildi va 5 tasi rad etildi, 4 ta litsenziya qayta rasmiylashtirilib berildi va 2 tasining amal qilish tugatildi, 22 iasi bo'yicha ish yuritish davom etmoqda.
7868 (6867) ta intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalar bo'yicha davlat ekspertizasi o'tkazildi va o'tgan yilning shu choragi bilan qiyoslaganda, ushbu ko'rsatkich 14,6 % ga o'sdi.
Agentlikda "Rasmiy axborotnoma” jurnalining 3 ta soni nashr etilib, unda 96 ta ixtirolarga talabnomalar, 48 ta ixtirolar, 28 ta foydali modellar, 18 ta sanoat namunalari, 558 ta tovar belgilari, 173 ta EHM uchun dasturlar, 5 ta ma'lumotlar bazasi, 4 ta seleksiya yutug'iga talabnoma, o'simlik navlari va hayvon zotlarining Davlat reestrlari ro'yxatidan o'tkazilgan 17 ta o'simliklar navlari haqidagi ma'lumotlar, 99 ta intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni o'tkazish bo'yicha litsenziya shartnomalari haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi.

 


.docYuklab olish [ Jami: 130,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 42 ]









Intеllеktuаl mulk аgеntligi Bosh direktori o'rinbosari M.Bobojanovning "2016 yilgi faoliyati yakunlari va 2017 yilga belgilangan ustuvor vazifalari"ga bag'ishlangan Hay'at majlisidagi ma'ruzasi



.


Ma'ruza   20.01.2017

Hurmatli hamkasabalar !!!

   

Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoevning 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan 2017 yil 14 yanvardagi majlisdagi nutqida ko'rsatib o'tilganidek, tanqidiy tahlil, qat'iy tartib - intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik  qoidasi bo'lishi kerak. 
2017 yil 6 yanvarda o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi VM ta'lim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekomunikatsiya masalalari Kompleksi majlisi bayonidan  kelib chiqib, 
"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, interaktiv davlat xizmatlari yagona portali v.b. axborot tizimlari orqali tushayotgan murojaatlarni muddatida va sifatli hal etishga alohida e'tibor qaratish;
O'zR "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi” Qonuni talablaridan kelib chiqib, markaziy apparat va tarkibiy bo'limlarda ijro intizomi, hujjatlar bilan ishlash tizimi, fuqarolarning yozma va og'zaki murojaatlarini ko'rib chiqish holatini muntazam ravishda tanqidiy o'rganib borish;
Ish yuritish, ijro intizomini mustahkamlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, o'z ishiga ma'suliyatsiz yondoshish oqibatida zimmasiga yuklatilgan   vazifalarni bajarmagan ma'sul xodimlar javobgarligini oshirish uchun ta'sir chora tadbirlarini amalga oshirish;
Markaziy apparat va quyi tizimlarda kadrlar zahirasini doimiy shakllantirish, nomzodlar bilan muntazam ravishda ishni samarali tashkil etish, ularni stajirovka qilish va salohiyatini oshirishga alohida e'tibor berish talab etiladi.
Hisobot davrida mamlakatimiz hududida intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:
Agentlik tomonidan intellektual mulk ob'ektlariga 6884 (7111) ta talabnoma qabul qilindi, kamayish 3,2 % tashkil etdi.
7868 (6867) ta intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalar bo'yicha davlat ekspertizasi o'tkazildi va o'tgan yilning shu choragi bilan qiyoslaganda, ushbu ko'rsatkich 14,6 % ga o'sdi.
Davlat reestrlarida 3002 (2651) ta intellektual mulk ob'ektlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi, o'sish 13,2 % tashkil etdi.
Hisobot davrida Agentlik tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan intellektual mulk ob'ektlariga oid 331 (293) ta shartnoma ro'yxatdan o'tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasining "Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida” 
2011 yil 26 dekabrdagi O'RQ-312-son Qonunini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida” 2012 yil 15 martdagi 72-son qaroriga muvofiq tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan hisobot davrida Agentlikka kelib tushgan 68 ta hujjatlar ko'rib chiqilgan, ko'rib chiqilishi natijasida 44 ta xulosalar va 24 ta tavsiyalar berilgan. 
2016 yil mobaynida Agentlik Apellyatsiya kengashi buzilgan yoki bahsli huquqlar to'g'risidagi nizolarni ko'rib chiqish bo'yicha sudgacha organ sifatida 20 ta apellyatsiya qabul qildi. O'tkazilgan majlislarda 28 ta apellyatsiya ko'rib chiqildi, shulardan 20 tasi bo'yicha rad etish to'g'risida qaror qabul qilindi, 4 tasi bo'yicha talabni qanoatlantirish bo'yicha, 1 tasi talabni qisman qanoatlantirish, 3 ta apellyatsiya bo'yicha ish keyinga qoldirildi.
Hisobot davrida Agentlik 60 ta sud ishida qatnashgan bo'lib, ularning 44 tasida Agentlik mustaqil talablar qo'ymaydigan uchinchi shaxs sifatida va 16 tasida javobgar sifatida jalb etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 iyuldagi 196-son qarori talablariga ko'ra audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini litsenziyalash O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan joriy yil davomida litsenziya talabgorlari (litsenziatlar)dan 241 ta ariza qabul qilindi. Jumladan arizalarning 175 tasiga litsenziya taqdim etildi va 2 tasi rad etildi, 37 ta ariza bo'yicha filiallarga tasdiqlangan litsenziya nusxasi berildi, 22 ta litsenziya qayta rasmiylashtirib berildi va 5 ta litsenziyaning amal qilishini tugatish to'g'risida qarorlar qabul qilingan.
Agentlikda "Rasmiy axborotnoma” jurnalining 12 ta soni nashr etilib, unda 533 ta ixtirolarga talabnomalar, 173 ta ixtirolar, 104 ta foydali modellar, 102 ta sanoat namunalari, 1861 ta tovar belgilari, 673 ta EHM uchun dasturlar, 18 ta ma'lumotlar bazasi, 16 ta seleksiya yutug'iga talabnoma ulardan 9 tasi o'simliklar navlari haqidagi ma'lumotlar 276 ta intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqlarni o'tkazish bo'yicha litsenziya shartnomalari haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi. 
Hisobot davrida nashrdan chiqarildi: "Intellekt-Info” jurnalining 4 ta soni, "2015 yil uchun yillik ko'rsatkichlar”, "2015 yil uchun yillik hisobot”. Agentlik MDHga a'zo-davlatlar patent idoralarining va Yevroosiyo patent idorasi rasmiy nashrlarining to'plami bo'lgan CD-ROM optik disklaridagi qo'shma regional patent-axborot mahsulotini chiqarishda ishtirok etmoqda. Hisobot davrida intellektual mulk ob'ektlari bo'yicha 295 ta hujjat tayyorlandi va jo'natildi.
Hisobot davrida Patent hujjatlari davlat fondiga 362 680 saqlanish birligidagi hujjatlar kelib tushdi, ulardan 362 201 tasi CD va DVD-ROM-disklarda saqlanadi. Patent fondining hajmi 79,2 mln.dan ortiq saqlanish birligidagi hujjatlarni tashkil etadi. 1349 ta murojaat qiluvchilarga xizmat ko'rsatildi, 545 mingdan ortiq hujjatlar berildi.
Hisobot davri mobaynida Agentlikka 197 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, barchasi O'zbekistondan kelib tushgan murojaatlarga to'g'ri keladi, ulardan 70 ta murojaat "Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portali orqali, 2 ta murojaat "Ishonch telefoni” orqali, 30 ta murojaat O'zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan. Ulardan 63 tasi yuridik shaxslarga va 134 tasi jismoniy shaxslarga tegishli. Turlariga ko'ra barcha murojaatlar arizalar 166 ta, shikoyat arizalari 28 ta va 3 ta taklifni tashkil etadi.
Hisobot davri mobaynida Agentlik prokuratura, sud organlari va ijro hokimiyatining boshqa organlaridan kelib tushgan so'rovnomalarga javoblar tayyorlash bo'yicha ishlarni olib bordi: sud organlaridan - 1115 ta so'rovnoma kelib tushdi. 
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari tomonidan 2016 yil 24 noyabrda tasdiqlangan Intellektual mulk huquqiy himoya qilish tizimini xalqaro norma va standartlarga muvofiq yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks tadbirlarini bajarish maqsadida 2017 yilda Agentlik tomonidan hal qilinadigan zarur vazifalar quyidagilardan iborat: 
1. Intellektual mulk ob'ektlarini xuquqiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini uyg'unlashtirish;  
2. Tadbirkorlikni va keng jamoatchilikni intellektual mulk sohasi bo'yicha huquqiy madaniyatini oshirish;
3. «Intellektual mulk» axborot tizimini yaratish: «bir darcha» tamoyili asosida talabnomalarni on-layn topshirish; 
Ro'yxatdan o'tkazilgan IMO ma'lumotlar bazasini barcha foydalanishi mumkin bo'lgan ko'rinishda shakllantirish.
4. Intellektual mulk sohasida kadrlarni kayta tayyorlash va malakasini oshirish buyicha O'quv markazining faoliyatini takomillashtirish.

 

.docYuklab olish [ Jami: 130,5 Kb | Yuklab olishlar soni: 42 ]








Intеllеktuаl mulk аgеntligining 2016 yil III chorak fаоliyati yakunlаri vа аsоsiy vаzifаlаri to`g`risidа



 
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Murojaat uchun

100000, Toshkent sh. Mustaqillik ko'chasi 59
Telefon: + (998 71) 232-50-50 | Faks: + (998 71) 232-50-05 | Е-mail: info@ima.uz
Materiallarni chop etishda yoxud ularni tarqatishda O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-saytiga havola ko'rsatilishi shart!
©2011 – 2017, O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti
Barcha huquqlar himoyalangan.
So'nggi yangilanish:
 Mehmonlar: 3
gis.uz Harakat strategiyasi
Hozir saytda: 4