Hurmatli Vatan himoyachilari!
Sizlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaymiz!
Yurtimizning jasur oʼgʼlonlari sharafli kasb hisoblangan Vatan himoyasida mardlik, shijoat, fidoyilik, yuksak matonat doimo hamrohingiz boʼlsin, hamisha xalqimiz ardogʼida boʼling!
Ushbu ayyomda Vatan himoyasi, oilasi uchun oʼz jonini fido qilishga tayyor, Vatanimiz sarhadlarini koʼz qorachigʼidek asrab kelayotgan mard va jasur oʼgʼlonlariga yurtimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda sihat-salomatlik, kuch-gʼayrat, oilalaringizga esa fayz-baraka, baxt-saodat yor boʼlishini tilaymiz!
Hurmat bilan,
Intellektual mulk agentligi jamoasi
Maʼlumki, soʼnggi vaqtlarda kuy, qoʼshiq, asarlar va boshqa mualliflik huquqi obʼektlarini muallif ruxsatisiz oʼzlashtirish holatlari koʼplab uchramoqda. Аmmo “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʼgʼrisida”gi Qonuniga koʼra asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning oʼziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi koʼrsatilishiga biron-bir oʼzgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yoʼl qoʼyilishi belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga binoan intellektual mulk obʼektlariga nisbatan mutlaq huquqlar quyidagi usullar bilan himoya qilinadi:
Edison, Tomas Alva (1847-1931) - 1847 yil 11-fevralda Maylan (Ogayo shtati)da Gollandiyadan kelgan muhojirlar oilasida tug'ilgan. Uning otasining kichkina yog’och plastinalar ishlab chiqarish fabrikasi bor edi. Onasi maktabda o'qituvchi bo'lib ishlagan. Tomas yetti yoshga to’lgach, oilasi Michigan shtatidagi Port-Guronga ko'chib o'tadi va u maktabda o’qiy boshlaydi. Ammo tez orada Tomas maktabdan olib chiqiladi, chunki o'qituvchisi uni "hech qachon hech narsaga erisha olmaydigan" bo'sh boshli xayolparast deb hisoblar edi. Shundan so'ng onasi uni uyda o'qitishni boshlaydi. Ammo hayot unga katta mo’jizalar tayyorlab qo’ygan edi.
12 yoshida Tomas Port-Guronni Detroyt bilan bog’lovchi temir yo'li poezdida gazeta va konfet sotuvchisi bo'lib ishlaydi. Bir marta u temir yo'l stansiyasi boshlig'ining uch yoshli o'g'lini qutqarib qoladi. Buning uchun unga telegrafdan qanday foydalanishni o'rgatdi. Natijada Tomas telegraf operatoriga aylanadi. Ammo u qayerda ishlagan bo'lmasin, uning hayoli doimo tajribalar bilan band edi. U deyarli barcha pullarini tajribalar uchun ilmiy kitoblar va kimyoviy moddalarga sarflar edi. Shu bilan birga uyining yerto’lasida kimyoviy laboratoriya ochgan edi.
Xabaringiz bor, bundan bir oy oldin Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan “Nasafiy” taxallusi bilan ijod qilayotgan qoʼshiqchi Аkmalov Аziziddin, Oʼzbekiston xalq artisti Sherali Joʼraev ijrosidagi “Qora koʼzli sanamjon” nomli qoʼshigʼi va sheʼrni muallifning roziligisiz asar yaxlitligini buzgan holda ijro etib, uni internet tarmoqlariga joylashtirgan holda moddiy manfaat koʼrib kelgani haqida Intellektual mulk agentligiga murojaat kelib tushgan.
Shundan sung Аgentlik mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy sudga bayonnoma kiritgan.
Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari intellektual mulk sohasiga oid oʼzingizni qiziqtirgan savollarni @ima_monitoring_bot telegramm kanaliga yoʼllashingiz mumkin. Аgentlik mutaxassislari ularga javob berishadi.
Savol: Аgar men yaratgan foydali model oʼzga shaxs tomonidan noqonuniy yaʼni litsenziya shartnomasi tuzmasdan foydalanayotganini aniqlasam, unga qanday chora koʼriladi?
Javob: Ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga boʼlgan huquqlarni buzish “Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisida”gi Kodeksining 177-2-moddasiga binoan javobgarlikka tortishga sabab boʼladi.
Yodingizda boʼlsa sal oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda barchaga tanish boʼlgan TRIMOL dori vositasining umumiy koʼrinishi va nomidan foydalanib TURMOL tabletkalarini ishlab chiqarayotgan namanganlik “uddaburon tadbirkor” haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.
TRIMOL dori vositasini ishlab chiqarayotgan Hindistonning “AJANTA PHARMA LIMITED” kompaniyasining Oʼzbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan oʼzlarining tovar belgisi bilan oʼxshash hamda isteʼmolchini chalgʼishiga sabab boʼluvchi tovar belgisidan foydalanib qonunga xilof ravishda ishlab chiqarayotgan MERRYMED FARM MChJga huquqiy chora koʼrish uchun Intellektual mulk agentligiga murojaat qildi.
Jigar kasalliklarini aniqlashdagi muhim belgi – jigarning kattalashgan yoki kichrayganini jigarning tepa qismini paypaslab, aniqlash mumkin. Jigarning qoʼzgʼatuvchisiz yalligʼlanishiga zaharlar, turli dori-darmonlar va ayniqsa, alkogol jigarning yalligʼlanishi, baʼzida jigar yetishmovchiligiga sabab boʼladi. Bu kokain, paratsetamol, muxamor qoʼziqorini, sariq fosfor, organik eritgichlar va boshqa moddalar boʼlishi mumkin.
Aдлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк агентлиги интеллектуал мулк объектидан фойдаланиш ҳуқуқига оид саволларга жавоб беради.
Куни кеча мамлакатимиз Президенти Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига йўллаган Мурожаатномасида юртимиз тараққиётида янги босқични белгиловчи, барча соҳаларда ислоҳотларни амалга оширишни кўзловчи, ижтимоий-иқтисодий инфраструктурани ривожлантиришга қаратилган вазифаларни белгилади.
Эътиборлиси, Мурожаатномада асосий жиҳат шиддат билан ўзгараётган ва янгиланаётган даврда юртимиздаги ислоҳотлар негизида халқимизнинг ижтимоий ва иқтисодий аҳволини янада яхшилаш, фуқароларнинг ижтимоий-иқтисодий ҳуқуқларини таъминлашга қаратилди.
Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти маълумотларига кўра, ҳозирги кунда дунёда 2 млрд. инсон темир моддаси, А витамини каби одам организми учун ўта зарур бўлган органик микроэлементларни талаб даражасида истеъмол қилмайди. Шу туфайли 150 миллиондан ортиқ болалар ўсиш ва ривожланишда орқада қолаётганлиги кузатилмоқда.
Инсоннинг соғлигини, унинг феъл-атворини белгилайдиган омил унинг тановул қилган овқатларидир.
Шарқ табобатчилигида қадимдан касалликлар биринчи навбатда овқат билан даволаб кўрилган. Овқатдан даво топилмаган ҳолатлардагина дори-дармон ва бошқа тиббий муолажалар буюрилган.
Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 10.11.2020 йилдаги “Аҳолининг соғлом овқатланишини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарор қабул қилинди. Бу чора-тадбир ўз навбатида аҳоли соғлом турмуш тарзини таъминлаш, Covid-19 пандемияси шароитида турли касалликларни олдини олиш, иммунитетни оширишга хизмат қилади.
Патентланган ихтиродан фойдаланиш ҳуқуқини белгилаш муаллиф ва буюртмачи ўртасида турли низоларни олдини олишга хизмат қилади. Шу жиҳатдан, Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг 1037-моддасига биноан интеллектуал фаолият натижаларини яратиш ва улардан фойдаланиш тўғрисидаги шартнома қуйидагиларни тартибга солади:
Муаллиф интеллектуал фаолият натижаларини яратиш ва улардан фойдаланиш тўғрисидаги шартнома бўйича келгусида асар, ихтиро ёки бошқа интеллектуал фаолият натижасини яратиш ва ўзининг иш берувчиси бўлмаган буюртмачига бу натижадан фойдаланиш учун мутлақ ҳуқуқлар бериш мажбуриятини ўз зиммасига олиши мумкин.
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida korrupsiya holatiga duch kelsangiz quyidagi raqamlarga bog'lanib xabar berishingiz mumkin.
Ma'lumki ijodkorlar adabiy va badiiy asar yaratib, uni keng jamoatchilikka taqdim qilishadi. Shu bilan birga mualliflar ijod namunasidan haq olishda shartnoma tuzish katta ahamiyatga ega.
Ayniqsa, shartnomada ijod namunasidan foydalanish shartlarini ko'rsatib o'tish juda muhim sanaladi.
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamkorligida "Intellektual mulk ob'yektlarini baholash" mavzusida o'quv seminari o’tkazildi.
Tadbirda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, respublikaning baholash tashkilotlari vakillari hamda respublika bo'yicha intellektual mulkni baholash bilan shug'ullanadigan 50 baholovchi ishtirok etishdi.
Хурматли фуқаролар!
Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк агентлиги Сизларни таниқли савдо белгили маҳсулотларга айнан ўхшаш тарзда тайёрланиб, савдога чиқарилаётган озиқ-овқат ҳамда парфюмерия воситаларини харид қилишда эҳтиёт бўлишга чақиради.
Ўзбекистон Республикаси Савдо-саноат палатаси БМТнинг Тараққиёт Дастури билан ҳамкорликда COVID-19 пандемияси сабабли тадбиркорлик фаолиятида юзага келган салбий оқибатларни юмшатиш мақсадида “Бизнес-клиника” лойиҳасини ишга туширди.
Лойиҳанинг мақсади кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектларига тадбиркорлик фаолияти билан боғлиқ консултацияларни бериш ва давлатимиз раҳбарининг фармонларида назарда тутилган қўллаб-қувватлаш чоралари ҳақида тўлиқ ва ишончли маълумот етказишдир.
Интеллектуал мулк назариясида мутлақ ҳуқуқлар тушунчаси мавжуд бўлиб, бундай ҳуқуқ эгаларини турли ҳаракатлар содир этиш (ижодий фаолият маҳсулидан фойдаланиш, уни тасарруф этиш ва шу кабилар) бўйича ҳақдорлиги, ваколатлилигини ва айни вақтнинг ўзида бошқа ҳар қандай шахсларга юқорида кўрсатилган ҳаракатларни содир этишнинг тақиқланишини таъминловчи ҳуқуқ тушунилади.
Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллекутал мулк агентлиги бир қатор ходимлари 8 декабрь – Ўзбекистон Респбуликаси Конституцияси куни муносабати билан тақдирланишди.
“Расмий ахборотнома”нинг 2020 йил 11-сонида қуйидаги маълумотлар:
- 58 та ихтироларга талабномалар ҳақидаги;
- Давлат реестрида рўйхатдан ўтказилган 351 та интеллектуал мулк объектлари нашр қилинди.