Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) – intellektual mulk sahosidagi bir nechta muhim xalqaro konvensiyalarni (Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi va Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasi) boshqarish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilotdir. 1974 yildan buyon ushbu tashkilot Birlashgan millatlar tashkilotining ijodiyot va intellektual mulk masalalari bo‘yicha maxsuslashtirilgan muassasasi vazifasini ham bajarib keladi.
Hozirgi kunda 184 davlat yoki dunyodagi mamlakatlarning 90% ortig‘i BIMT a’zosidir, tashkilotning yig‘ilishlarida kuzatuvchi maqomiga 250 taga yaqin nohukumat va hukumatlararo tashkilotlar ega. BIMT Sekretariati (yoki Xalqaro byuro) Jenevada joylashgan bo‘lib 90 ta mamlakat vakillaridan iborat xodimlar shtatiga ega. 2008 yil 1 dekabrdan boshlab tashkilotning Bosh direktori Frensis Garridir.BIMT intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi birinchi xalqaro tashkilotdir. U amalda 1893 yilda diplomatik konferensiyada, Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi va Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasining ma’muriy vazifalarini bajaruvchi ikkita byuro BIRPI (intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro byurolar) deb nomlanadigan yagona muassasaga birlashishi natijasida tashkil qilingan.
IMT ning dastlabki va asosiy vazifasi – ko‘ptomonlama xalqaro konvensiyalarni boshqarish, shu hisobda shartnomalar, qo‘shimcha shartnomalar, ularning rasmiy tarjimalarning matlarini, davlatlarning qo‘shilish to‘g‘risidagi arizalarini saqlash, nizolarni hal qilish, shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish jarayonlarini ta’minlash, intellektual mulk ob’ektlarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi shartnomalar uchun ro‘yxatga olish vazifalarini bajarish. Hozirgi vaqtda BIMT mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi 7 ta shartnoma va sanoat mulki ob’ektlari sohasidagi 23 ta shartnoma bo‘yicha boshqarishni amalga oshirmoqda.
Hozirgi kunda Agentlik BIMT bilan birgalikda intellektual mulk bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshlagan.
Intellektual mulk bo‘yicha milliy strategiya iqtisodiy nuqtai nazardan qadrli bo‘lgan IM ni yaratish bo‘yicha mamlakatning imkoniyatlarini oshiradi. Bundan tashqari IM sohasidagi strategiya mamlakatga muayyan reja doirasida hamda samardorlik va barqarorlik prinsiplariga rioya qilgan holda barcha manbalarning salohiyatini ochib berish imkonini yaratadi.
2017 yilda BIMT bilan Agentlik qoshidagi IM sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi. Ushbu ko‘mak doirasida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar taqdim etiladi, o‘quv auditoriyalari texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi, o‘qituvchilar qayta tayyorlanadi, hamda markaz tashkil qilayotgan turli tadbirlarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.
O‘quv markazi negizida Agentlik bilan birgalikda BIMTning Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM) ochildi, va u o‘z navbatida respublika bo‘yicha universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlaridagi TIQQM boshqarib boradi. TIQQM yuqori sifatli texnik ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish imkonini beradi, va shu bilan birga, ijodkorlarga o‘z salohiyatlarini ochish, muhofazani ta’minlash va o‘z huquqlarini boshqarish imkonini yaratadi. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha 8 ta TIQQM faoliyat yuritib kelmoqda.